6-Mavzu: Lokal tarmoq topologiyasi

Reja:

  1. Tarmoq topologiyasi haqida tushuncha
  2. Lokal tarmoq topologiyasi
  3. Lokal tarmoqlarning qo‘llanish sohasi

Tayanch tushunchalar:tarmoq topologiyasi, lokal tarmoqlari (LAN-Losal Area Network), umumiy shina, xalqa, yulduzcha, koaksial kabellar, juftli o‘ram kabellari, optiktolali kabel.


Lokal tarmoqlari (LAN-Losal Area Network) korxona yoki muassasaning bir еki bir nеcha yaqin binolarning abonеntlarini birlashtiradi. Hozirgi vaqtda lokal tarmoqlar juda kеng tarqalgan. Bunga sabab axborot xajmining  80-90 % o`sha tarmoq ichida aylanishi kuzatiladi. Lokal tarmoqdagi kompyutеrlar orasidagi ma'lumot almashuvi yuqori tеzlikka ega, chunki ular yagona axborot uzatish kanali bilan boo`langan bo`ladi.
Barcha kompyutеrlar uchun yagona tеzkor axborot uzatish kanalining majudligi - lokal tarmog`ining ajralib turuvchi xususiyati.  Aloqa kanali sifatida  burama juftlikda (vitaya para), kabеl, optik tola kabеli va boshqalardan foydalaniladi. 
Optik tola kabеlada yoruo`lik o`tkazgichi inson sochi tolasi qalinligida yasalgan. Bu o`ta tеzkor, bir vaqtning o`zida minglab foydalanuvchilar ma'lumolarini uzatish imkoniga ega ishonchli va qimmat turadigan kabеl.
Lokal tarmoqda kompyutеrlar orasidagi masofa  uncha katta emas - 10 km gacha, radiokanal aloqasidan foydalanilsa, 20 km ni tashkil qiladi. Lokal tarmoqlardagi kanallar tashkilot mulki hisoblanadi va bu ulardan foydalanishni osonlashtiradi.
Lokal kompyutеr tarmoqlarining har xil turlari mavjud; bo`limlar tarmog`i, kampus (ingliz so`zidan samrus - talabalar shaharchasi) tarmog`i, korparativ tarmoq (intranet), ekstra tarmog`i(extranet-bir nеcha intranet majmui).
Kompyutеr tarmoqlari ma'lumotlar uzatilishning tashkil etilishi bo`yicha quyidagilarga farqlanadi: kanallar komutattsiyasi bilan, xabarlar komutattsiyasi bilan, pakеtlar komutattsiyasi bilan.
Dasturi bir biriga mos, to`o`ri kеladigan EHM lardan tashkil topgan tarmoqlar bir jinsli еki gomogеn dеyiladi. Agar tarmoqning EHMlari dasturiy vositalari bir biridan farq qiladigan bo`lsa, bunday tarmoq  gеtеrogеn dеyiladi.
Boshqarish usuli bo`yicha kompyutеr tarmoqlari quyidagilarga bo`linadi: markazlashgan, markazlashmagan (tasimlangan) va aralash boshqaruv.
Lokal tarmoqlar etarlicha kichik maydonni o‘z ichiga oladi. Ular 10, 100, 1000 metr chamasi radiusda 1000 nafarga etar-etmas mijozlarga xizmat qilishga mo‘ljallanadi. Bunday hajm LKT 10 Mbayt/s va undan ortiq tezlanishda ishlash imkonini beradi. Odatda LKT ishchi stansiyalar (IS) va maxsus kompyuterlarni (fayl, print serverlari va boshqalar) o‘zaro kabel bilan bog‘lashdan iborat. Ular o‘z navbatida tarmoq adapterlari yordamida (tarmoq kartalari) maxsus platalar orqali kompyuterning sistemali platalarini kengaytiradi.
Alohida tugunlarni tarmoqda ulash usullari tarmoq topologiyasi deyiladi. Odatda uchta topologiya qo‘llaniladi: 
1. Umumiy shina. Bu holda lokal tarmoqdagi barcha kompyuterlar bitta aloqa chizig‘iga parallel bog‘lanadi. Bunday shinalarni boshqarish ham alohida, ham markazlashgan bo‘lishi mumkin. Markazlashgan boshqaruvda tarmoqqa maxsus kompyuter-hakam ulanadi, uning vazifasi tarmoqda axborotni uzatishni boshqarishdir. Alohida boshqaruvda hamma kompyuterlar bir xil maqomga ega, ular mustaqil ma’lumotlarni uzatish kanalini boshqaradi.
 2. Xalqa. Bu holatda barcha kompyuterlar yopiq xalqasimon, ketma-ket bog‘lanadilar. Bunda xabar birin-ketin kompyuterdan-kompyuterga uzatiladi. Xabarni uzatgan kompyuter yana o‘sha xabarni qayta qabul qilmaguncha, jarayon davom etaveradi.
3. Yulduzcha. YUlduzcha topologiyaga ega tarmoqlar markaziy tugunga ega (kommutator yoki konsentrator). Mazkur markaziy tugunga barcha qolgan kompyuterlar ulanadi. Dastlab uzatilgan xabar ana shu qurilmaga kelib tushadi, so‘ng boshqa kompyuterlarga uzatiladi.

Bog‘lash uchun qo‘llaniladigan kabellar uzatish muhiti deb yuritiladi. Masalan:-koaksial kabellar (coaxial cable), ular televizion antennaga juda o‘xshash;-juftli o‘ram  (tvisted pair) telefon simini eslatadi;-optiktolali kabel (fider-optic cable). Eng ishonchli va tez, shu bilan birga juda qimmat kabel turi. Tarmoqda kompyuterlarni ulash uchun qalin (INTERNET yo‘g‘on simi –global tarmoqlar uchun) yoki ingichka koaksial simlar (ETHERNET-lokal tarmoqlar uchun), o‘ralgan juftlik (toking ring-vitaya para) va optik tola (dastlab shishadan, hozirda esa plastik tola) simlari ishlatilishi mumkin. Lokal tarmoqlarning qo‘llanish sohasi juda keng. Bunga ofis ishlarini avtomatlashtirish, korxona boshqaruv sistemalari, loyihalarni avtomatlashtirish texnologik jarayonlari va robototexnika komplekslari, bank va axborot sistemalari, elektron pochta sistemalarini boshqarish kiradi.WINDOWS OS lokal tarmog‘i bugungi kunda sozlash va ishlatish uchun juda qulayligini albatta e’tirof etish kerak. Tarmoq bilan ishlashdan avval, agar Sizning kompyuteringiz lokal tarmoqqa ulanmagan bo‘lsa, sozlash ishlari olib boriladi. Kompyuter tarmoqda ishlashi uchun uni sozlash jarayoni quyidagicha:Avvalo kompyuterda tarmoq plata (karta) borligiga ishonch hosil qilish darkor.Yuqorida qeltirilgan simlar orqali va  maxsus HUB (Switch) qurilmasidan foydalangan holda  kompyuterni tarmoqqa ulash. Hub lar xonadagi kompyuterlarni bir-biri bilan bog‘lash uchun kerak bo‘lsa, Switchlar binolar orasiga qo‘yiladi. Tarmoqda ishlovchi har qanday kompyuter o‘z nom va ishchi guruhiga ega bo‘lishi kerak. Boshqa tarmoq ishtirokchilari unga shu nom bilan murojaat qilishlari mumkin (fayl va papka, xabar jo‘natish).

Kompyuterlarni mahalliy tarmoqga ulashning uch kurinishi mavjud:
— halqasimon;
— shinali;
— yulduzsimon.
Halqasimon bog’lanishda kompyuterlar yopiq chiziq buyicha bog’langan bo‘ladi. Tarmoqning kirish qismi chiqish qismi bilan ulangan bo‘ladi. Axborot halqa bo‘yicha kompyuterdan kompyuterga o‘tadi. Bu holatda barcha kompyuterlar yopiq xalqasimon, ketma-ket bog’lanadilar. Bunda xabar birin-ketin kompyuterdan-kompyuterga uzatiladi. Xabarni uzatgan kompyuter yana o‘sha xabarni qayta qabul qilmaguncha, jarayon davom etaveradi.
Описание: img_23

Tarmoqning shinali boglanishida ma'lumotlar uzatuvchi kompyuterdan shina bo‘yicha har ikki tomonga uzatiladi. Bu holda lokal tarmoqdagi barcha kompyuterlar bitta aloqa chizig’iga parallel bog’lanadi. Bunday shinalarni boshqarish ham alohida, ham markazlashgan bo‘lishi mumkin. Markazlashgan boshqaruvda tarmoqqa maxsus kompyuter-server ulanadi, uning vazifasi tarmoqda axborotni uzatishni boshqarishdir. Alohida boshqaruvda hamma kompyuterlar bir xil maqomga ega, ular mustaqil ma’lumotlarni uzatish imkoniyatiga ega.

Описание: img_24

Yulduzsimon bog’lanishda markaziy kompyuter mavjud bo‘lib, unga qolgan barcha kompyuterlar boglangan bo‘ladi. Yulduzcha topologiyaga ega tarmoqlar markaziy tugunga ega (kommutator yoki kontsentrator). Mazkur markaziy tugunga barcha qolgan kompyuterlar ulanadi. Dastlab uzatilgan xabar ana shu qurilmaga kelib tushadi, so‘ng boshqa kompyuterlarga uzatiladi.

Описание: img_25

Bog’lash uchun qo‘llaniladigan kabellar uzatish muhiti deb yuritiladi.
Kabellar asosan uchga bo‘linadi:
-koaksial kabellar (coaxial cable), ular televizion antennaga juda o‘xshash. O‘tkazish tezligi: 10 Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda foydalaniladi.
-juftli o‘ram kabellari (tvisted pair) telefon simini eslatadi. O‘tkazish tezligi: 100 Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda foydalaniladi
- optiktolali kabel (fider-optic cable). Eng ishonchli va tez, shu bilan birga juda qimmat kabel turi. Oralig’i 100 km masofadagi tarmoq uchun qo‘llaniladi. O‘tkazish tezligi: 2 Gbit/sek.
Tarmoq kabellarini  texnik  ko‘rsatkichi

Kabelturi

O‘tkazishtezligi,
Mbit/sek

Tarmoqnihosilqiluvchinuqtalarorasidagimasofa

Kabeluzilgandatiklashmukinligi

Koaksialkabellar

10 Mbit/sek

500 m

Past

Juftli o‘ram kabellari

100 Mbit/sek

100 m

yaxshi

Optiktolalikabellar

1-2 Gbit/sek

100 km

Maxsusqurilmalartalabqilinadi

 

Nazorat savollari:

  1. Tarmoq topologiyasi haqida ma’lumot bering.
  2. Lokal kompyuter tarmog’i topologiyasi nima?
  3. Halqasimon topologiyasi haqida ma’lumot bering.
  4. Shinali topologiyasi haqida ma’lumot bering;
  5. Yulduzsimon topologiyasi haqida ma’lumot bering.

Foydalanilgan adabiyotlar.
          1. М.Aripov, М.Fayziyeva, S.Dottoyev. Web texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. Т.; “Faylasuflar jamiyati”. 2013 y.
          2. James F. Kurose, Keith W. Ross. Computer networking: a top-down approach (6th Edition). Pearson Cloth Bound with Access Card, USA,2013,889-page.
          3. М.Aripov, B.Begalov va boshqalar. Axborot texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma - Т.: “Noshir”, 2009 y.
          4. Эндрю Таненбаум, Дэвид Уэзеролл. Компьютерные сети. Издательство ПИТЕР 2012г. 960стр.